«toshkent aeroporti» tegli maqolalar


Prezident Al-Xorazmiy shaharchasi va Beruniy muzeyini rekonstruksiya qilish loyihalari bilan tanishdi
17 aprel 2024, 15:37

Prezident Al-Xorazmiy shaharchasi va Beruniy muzeyini rekonstruksiya qilish loyihalari bilan tanishdi

Shavkat Mirziyoyev Urganch shahrida Al-Xorazmiy shaharchasi va universiteti hamda Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumani markazida muzey qurilishi loyihalari taqdimoti bilan tanishdi.

Toshkent xalqaro aeroportida yangi kargo terminali quriladi
17 aprel 2024, 08:54

Toshkent xalqaro aeroportida yangi kargo terminali quriladi

Toshkent xalqaro aeroporti negizida yangi kargo terminalini qurish rejalashtirilmoqda. Natijada xizmat ko‘rsatish quvvati sutkasiga 70 tonnadan 300 tonnaga yetadi. Uzbekistan Airports rahbari Javlonbek Umarxo‘jayevning aytishicha, hozirgi terminal sifatli va vaqtida xizmat ko‘rsatish imkonini bermayapti.

Toshkent aeroporti faoliyati qalin tuman sabab vaqtincha cheklandi
18 yanvar 2024, 10:46

Toshkent aeroporti faoliyati qalin tuman sabab vaqtincha cheklandi

Payshanba tongidagi qalin tuman Toshkent aeroporti faoliyatini cheklab qo‘ydi. Bir qancha reyslar Samarqand, Farg‘ona, Namangandagi muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi. Uzbekistan Airways aviakompaniyasi parvozlar kechikib amalga oshirilishini ma’lum qildi.

Toshkent aeroportida avtobus Airbus 320 samolyoti bilan to‘qnashdi
22 noyabr 2023, 14:25

Toshkent aeroportida avtobus Airbus 320 samolyoti bilan to‘qnashdi

Toshkent aeroportida avtobus Airbus 320 yo‘lovchi layneri bilan to‘qnashdi va samolyotning tumshuq qismiga shikast yetdi. Hodisaga avtobus haydovchisining aerodrom hududida harakatlanish qoidalarini buzgani sabab bo‘lgan. Havo kemasiga ertasi kuni parvozlarga ruxsat berilgan.

Toshkent aeroporti oldida 62 metrli O‘zbekiston bayrog‘i o‘rnatildi
30 oktabr 2023, 11:59

Toshkent aeroporti oldida 62 metrli O‘zbekiston bayrog‘i o‘rnatildi

Toshkent xalqaro aeroportiga yetib kelganlarni endilikda balandligi 62 m bo‘lgan O‘zbekiston bayrog‘i kutib oladi, uning atrofida 38 ta kichikroq bayroq o‘rnatilgan. Ular shaharda o‘tkazilayotgan tadbirlar va xorijiy delegatsiyalarning tashriflariga qarab o‘zgaradi.

Toshkent aeroporti estakadasida belgilangan vaqtdan ko‘p turgan mashinalarga jarima yoziladi
20 oktabr 2023, 16:38

Toshkent aeroporti estakadasida belgilangan vaqtdan ko‘p turgan mashinalarga jarima yoziladi

1-noyabrdan Toshkent aeroporti estakadasida belgilangan vaqt (yengil avtomobillar 5 daqiqa, turistik avtobus va mikroavtobuslar 10 daqiqa)dan ko‘p turgan mashinalarga jarima yoziladi. Jarima sariq chiziqda to‘xtagan haydovchilarga ham belgilanadi.

Toshkent aeroportining mahalliy terminaliga avtomobillar kirishiga ruxsat berildi
1 sentabr 2023, 14:25

Toshkent aeroportining mahalliy terminaliga avtomobillar kirishiga ruxsat berildi

Toshkent aeroportining mahalliy terminali oldidagi hudud rekonstruksiyadan so‘ng qayta ochildi. Ilk bor barcha avtomobillarga qisqa muddat — 10 daqiqagacha — terminal hududiga kirishga ruxsat berildi. Kutib oluvchilarga sharoit yaratilishi yoki yo‘qligi va rekonstruksiyaga muhtoj avtoturargoh taqdiri ochiqlanmadi.

Toshkent aeroporti shahar podstansiyasidagi avariya tufayli elektrdan vaqtincha uzilib qoldi
28 avgust 2023, 05:54

Toshkent aeroporti shahar podstansiyasidagi avariya tufayli elektrdan vaqtincha uzilib qoldi

Shahar podstansiyasida avariya ro‘y bergani ortidan Toshkent aeroportida qisqa vaqtga elektr ta’minotida uzilish bo‘ldi. Bu parvozlarni ta’minlovchi obyektlar ta’minotiga ta’sir qilmadi. Parvozlarda kechikish kuzatilmadi. 15 daqiqa ichida quvvat tiklandi.

Toshkent aeroportida yangi taksi xizmatlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
3 avgust 2023, 20:06

Toshkent aeroportida yangi taksi xizmatlari faoliyati yo‘lga qo‘yiladi

Uzbekistan Airports Toshkent aeroporti uchun yana uchta taksi operatorini jalb qilmoqchi — xalqaro terminalning umumiy zali va CIP-zal hamda mahalliy terminal uchun. Hozirda xalqaro terminalning uchib kelish zaliga birgina aeroport taksi operatori xizmat ko‘rsatmoqda.

Toshkent aeroporti yaqinidagi ko‘prik rekonstruksiyasi 2024-yil oxirida tugaydi
27 iyul 2023, 17:59

Toshkent aeroporti yaqinidagi ko‘prik rekonstruksiyasi 2024-yil oxirida tugaydi

Toshkent aeroporti oldidagi yo‘l o‘tkazgichni rekonstruksiya qilish ishlari 2024-yil oxirigacha yakunlanishi rejalashtirilgan. U kengaytiriladi, Kichik halqa yo‘liga kirish va chiqish yo‘llari, velosiped yo‘laklari tashkil etiladi. Loyihaning umumiy qiymati bo‘yicha ma’lumot berilmagan.

Tehrondan Pekinga uchayotgan samolyot Toshkent aeroportiga favqulodda qo‘ndi
29 may 2023, 09:25

Tehrondan Pekinga uchayotgan samolyot Toshkent aeroportiga favqulodda qo‘ndi

Mahan Air aviakompaniyasining Tehrondan Pekinga uchayotgan samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘ndi. Bunga yo‘lovchining yurak xurujiga uchragani sabab bo‘ldi. U tibbiy muassasaga yotqizilgan.

Sharm ash-Shayx-Toshkent reysi 10 soatdan ortiq kechiktirildi
17 may 2023, 14:27

Sharm ash-Shayx-Toshkent reysi 10 soatdan ortiq kechiktirildi

Air Cairo aviakompaniyasining Sharm ash-Shayxdan Toshkentga chorshanba kuni belgilangan parvozi ob-havo sharoiti tufayli 10 soatdan ortiq kechiktirildi. 200 nafardan ziyod yo‘lovchi Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da jo‘nab ketishni kutmoqda.

Toshkent aeroportida mehmonxona ochiladi. Foto
5 aprel 2023, 17:04

Toshkent aeroportida mehmonxona ochiladi. Foto

Toshkent aeroportida sharqona ko‘rinishdagi mehmonxona ochiladi. Unga tashrif buyuruvchilar uchun ma’lumot tablosi, hammom va dush xonasi taqdim etiladi, qabulxona kechayu kunduz ishlaydi va har bir yo‘lovchiga samolyotga chiqish uchun individual taklifnoma taqdim etiladi.

Dehlidan Moskvaga uchayotgan samolyot Toshkent aeroportiga favqulodda qo‘ndi
3 mart 2023, 10:46

Dehlidan Moskvaga uchayotgan samolyot Toshkent aeroportiga favqulodda qo‘ndi

«Aeroflot» aviakompaniyasining Dehlidan Moskvaga uchayotgan samolyoti Toshkentga favqulodda qo‘ndi. Bunga appenditsit xurujiga uchragan Hindiston fuqarosi sabab bo‘lgan. U tibbiy muassasaga yotqizilgan.

Toshkent aeroportida kutib olish hududini qurish boshlandi
24 fevral 2023, 09:25

Toshkent aeroportida kutib olish hududini qurish boshlandi

Toshkent xalqaro aeroportining uchib kelish terminali oldida kutib oluvchilar uchun hudud qurilishi boshlandi. Ikkita kutish joyidan birinchisi mavjud shiypon o‘rniga quriladi va u mart oyi oxirigacha yakunlanishi rejalashtirilgan.

Toshkent aeroportida 2 ta kutib olish hududi tashkil etiladi
9 fevral 2023, 14:32

Toshkent aeroportida 2 ta kutib olish hududi tashkil etiladi

Toshkent xalqaro aeroportida yo‘lovchilarni kutib oluvchilar uchun 2 ta hudud quriladi — biri mavjud soyabonlar o‘rniga, ikkinchisi — ketish va kelish zallari oralig‘idagi P2 avtoturargohida.

Toshkentda uchta mashina to‘qnashdi
15 dekabr 2022, 10:43

Toshkentda uchta mashina to‘qnashdi

Chilonzor tumani Novza jome masjidi qarshisida 3 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida haydovchilardan biri jarohat oldi.

Toshkent xalqaro aeroportida yong‘in chiqdi, uchta reys kechiktirildi
11 sentabr 2022, 15:38

Toshkent xalqaro aeroportida yong‘in chiqdi, uchta reys kechiktirildi

Toshkent xalqaro aeroportidagi uchib ketish terminali yerto‘lasida kichik yong‘in chiqdi. Bunga transformator podstansiyasida joylashgan uzluksiz elektr ta’minoti manbasidagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgan. Terminal vaqtincha chiroqsiz qoldi. Uchta reys kechiktirildi.

Toshkent aeroporti terminallari o‘rtasida bepul shattl-bas (avtobus) qatnovi yo‘lga qo‘yildi
18 avgust 2022, 22:11

Toshkent aeroporti terminallari o‘rtasida bepul shattl-bas (avtobus) qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Toshkent aeroportining mahalliy va xalqaro terminallari o‘rtasida bepul avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi. Avtobus har kuni soat 5:00 dan 23:30 gacha ishlaydi.

Toshkent aeroportida Britaniyaning qalbaki pasportlari bo‘lgan Afg‘oniston fuqarolari qo‘lga olindi
15 avgust 2022, 19:33

Toshkent aeroportida Britaniyaning qalbaki pasportlari bo‘lgan Afg‘oniston fuqarolari qo‘lga olindi

Yetti nafar Afg‘oniston fuqarosi Toshkentdan Londonga soxta Britaniya pasportlari bilan uchib ketishga urindi. Ular qo‘lga olinib, jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting